So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

03 jan 09:43
Yangiliklar

Dzyudo

Xalqaro dzyudo federaciyasi qoidalarga o'zgartirish kiritdi

Teglar :  Parij-2024DzyudoXOQ
Har Olimpiya ciklida deyarli barcha sport turlarida qonun-qoidalarga o'zgartirishlar kiritiladi.

Bu borada Xalqaro dzyudo federaciyasi ham qoidalarga kichik o'zgarishlar qilishga qaror qilgan. Federaciya saytida Parij-2024 Olimpiada cikli uchun yangi qoidalar haqida videodastur chop etildi. Unda IJF hakamlar supervayzeri va sharhlovchisi Neyl Adams batafsil tushuntirish bergan. 

  • Hujumga o'tgan dzyudochi usulni bajarishda tanaffussiz harakatni oxiriga etkazsa, doimgidek baho beriladi. Biroq baho keltirilmagan harakatdan so'ng erdagi raqibga boshqa usul qo'llash bundan buyon ochko keltirmaydi.
  • Usulga tushib qolgan dzyudochi yiqilayotganda tirsagi yoki qo'lini matga qo'yib olsa, raqibiga baho berilishi barbarida o'ziga shido (ogohlantirish) ham ko'rsatiladi.
  • Dzyudochilar tilida aytganda, koreys yoki mo'g'ilcha yo'nalishdagi seo-nagi usulini bajarish ham taqiqlanib, bunday usulga o'tgan vakilga shido beriladi.
  • Kurash vaqtida raqibning kimonodan ushlash holatini uzsayu, o'zi darhol hujumga o'tmasa, shido ko'rsatiladi.
  • Bellashuv vaqti kiyim va sochlarni tartibga keltirib olish uchun qo'shimcha 1 marotabadan ruxsat beriladi. Ikkinchi va uchinchi shunday urunishlar vaqt cho'zishga urunish deb hisoblanib, bu ishni qilgan dzyudochi shido bilan jazolanadi.

Bu yangi qoidalarning bazi etiborlilari. Bu haqida batafasil Xalqaro dzyudo federaciyasining rasmiy saytida tanishib olish mumkin. Mazkur o'zgarishlar 26-28 yanvar kunlari Portugaliyaning Odivelash shahrida o'tadigan Gran-pri musobaqasidan boshlab Parij-2024 cikli yakunigacha amal qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing