So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

24 iyu 08:00
Yangiliklar

Tadbirlar

Xalqaro Olimpiya kuni O'zbekistonda qay tarzda nishonlandi? FOTO

Teglar :  Olimpiya kuni
23 iyun kuni butun jahon bo'ylab Xalqaro olimpiya kuni nishonlanmoqda. SHu jumladan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan mamlakatimizda ham ushbu bayram keng nishonlandi.

SHu kuni ertalabdan poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda bayram tantanalari boshlanib ketdi. Unda bir necha yo'nalishda, turli yosh toifalarida havaskorlar o'rtasida shou tashkil qilindi. G'olib va sovrindorlar Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Bayramning asosiy qismi esa kechki payt yana o'sha «Milliy» stadionda tashkil qilindi. Ushbu tadbir Olimpiya kunining bezagiga aylandi desak adashmagan bo'lamiz. SHu kuni stadion atrofida turli yakkakurashlar – sport kurashlari, taekvondo, karate, boks kabi sport turlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar tadbirga tashrif buyurgan minglab sport ixlosmandlarining qiziqishlariga sabab bo'ldi. Muxlislar, ota-onalar, bolajonlar u erda o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan sportchi va murabbiylarga murojat qilishdi. Sportni ommaviylashtirish, bolakaylarni sportga qiziqtirishda ushbu chiqishlarning ahamiyati katta ekanligi shubhasiz.

SHundan so'ng tadbirning asosiy qismi boshlandi. Eng avvalo 30 000dan ortiq muxlis bilan to'lib toshgan stadion ekranlarida Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan o'zbek sportchilariga atab ishlangan rolik taqdim etildi. Keyin esa Xalqaro olimpiya kuniga atab ishlangan rolik muxlislar hukmiga havola etildi.

Ushbu qiziqarli roliklardan so'ng turli sport turlari vakillari maydonga chiqib, muxlislar uchun o'z mahoratlarini namoyish etib berishdi. Bu vaqtda «Milliy» stadioniga o'zbek sporti yulduzlari chiqib kela boshlashdi. Futbol bo'yicha amputantlar o'rtasida jahon chempionlari, zaif eshituvchilar terma jamoasi, mehribonlik uylari o'rtasidagi jahon chempionati g'oliblari, sambo, dzyudo, taekvondo, boks, karate bo'yicha jahon va Olimpiada chempionlarining maydon bo'ylab chiqishlari muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. SHu tariqa, o'zbek sportining bugungi kundagi yulduzlari va yosh sportchilari stadion markazida jam bo'lishdi.

So'ngra butun stadion jo'r bo'lib O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini kuyladi. Bu vaqtda «Milliy» stadionida yuzaga kelgan atmosferani so'z bilan tariflab berib bo'lmaydi.

Vatanimiz madhiyasidan so'ng Sanjar Holiqov, Tohir Sodiqov, Jahongir Poziljonov, Rayhona, Munisa Rizaeva, «Afro'z» guruhi kabi o'zbek shou-biznesi yulduzlarining chiqishlari bayramga yanada ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Ko'ngilochar chiqishlardan keyin tadbir tashkilotchilari – “ZO’R TV” telekanali boshlovchilari estradamiz yulduzlaridan tashkil topgan jamoaga qarshi maydonda saf tortishdi. Futbol uchrashuvini so'z ustasi SHukrillo Isroilov qiziqarli tarzda sharhlab bordi.

Tanaffus vaqtida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil qilingan viktorina g'oliblariga ajoyib velosipedlar taqdim etildi. G'oliblarni Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov tabrikladi. SHuningdek, estradamiz yulduzlari «Ummon» guruhi, Lola DJ-Piligrimm, SHahlo Ahmedova, SHohruh kabi xonandalar kuy-qo'shiqlari bilan muxlislarni xushnud etishdi.

Ikkinchi bo'lim ham qizg'in kurashlarga boy kechdi va yakunda 2:1 hisobida sanatkorlar g'alaba qozonishdi. Odatda bunday shou uchrashuvlarda barchasi kelishilgan, hisob oldindan rejalashtirib qo'yilgan bo'lardi. Ammo, bu safar tomonlar maydonda haqiqiy kurash olib bordilar.

Futbol o'yini nihoyasiga etgach, O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova chiqib, muxlislar uchun qo'shiq kuylab berdi. Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov, Vodiy Sadosi Andijon YOTRK, «ZO’R TV» telekanali raisi SHuhrat Ahmedov maydonga chiqib, ramziy kuboklarni har ikki jamoa azolariga topshirishdi.

Tadbirning kulminaciyasi esa eng oxirida bo'ldi. Unda mamlakatimiz yoshlarini ruhlantiruvchi «Qo'lingda imkon» nomli videoklip namoyish etib berildi. Ushbu klipni stadionga yig'ilganlar qiziqish bilan tomosha qilishdi. SHu tariqa poytaxtimizda tashkil qilingan «Olimpiya kuni» nihoyasiga etdi.

Sportimiz yulduzlari ushbu tadbirda ishtirok etishdan xursand ekanliklarini yashirib o'tirishmadi.

«Barchani ushbu bayram bilan tabriklayman. Olimpiya o'yinlari chempioni sifatida ushbu bayramda ishtirok etish menga g'urur bag'ishlaydi. Bunday shoular yoshlarni sportga qiziqtirishda muhim rol o'ynaydi. Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu tadbirni ajoyib tashkil qildi. Ular biz sportchilarga ham qo'shimcha kuch bag'ishlashmoqda. SHaxsan men, ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. Bugungi kunda Jakartadagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni qizg'in davom ettiryapmiz. Umid qilamizki, ushbu nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz», – dedi Hasanboy Do'smatov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing