14 iyu 13:44
Yangiliklar
Xalqaro Olimpiya kunida dzyudochilarimiz ham faol ishtirok etishdi + FOTOREPORTAJ
Butunlay yangicha formatda tashkil etilgan bayram dasturi katta sport jamoatchiligi, shuningdek, yuzlab yurtdoshlarimizni sog'lom turmush tarzi va Olimpiya qadriyatlari atrofida birlashtirdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo'yicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov so'zga chiqib, barcha yurtdoshlarimizni Xalqaro Olimpiya kuni bilan muborakbod etdi.
“Olimpiya shaharchasi” hududida sport federaciya va associaciyalarining maxsus burchaklari tashkil etildi va tabiiyki, ular orasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi burchagi ham bor edi. Tadbirga kelganlar dzyudochilarimiz bilan birga tatamida kurashish barobarida Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova, Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov bilan suhbatlashishdi, suratga tushishdi.

































































Fikrlar