03 mar 13:00
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Xalqaro paralimpiya qo'mitasi kutilmagan qarorni qabul qildi
4 mart kuni Xitoyning Pekin shahrida qishki Paralimpiya o'yinlariga start beriladi.
Bugun Xalqaro paralimpiya qo'mitasi Rossiya va Belarus sportchilari bu musobaqada ishtirok etmasliklarini elon qildi.
Avvalroq, Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Rossiya terma jamoasi Pekinda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlarida neytral maqomda ishtirok etishini malum qilgan edi. SHuningdek, Belarus terma jamoasi ham neytral maqomda qatnashishi xabar qilingandi. Ikkala jamoa ham Paralimpiya bayrog'i ostida ishtirok etishi kerak edi. Ammo bugun Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi bu qarorni o'zgartirib, ikkala terma jamoani ham Paralimpiya o'yinlaridan chetlatdi.
Eslatib o'tamiz, qishki Paralimpiya o'yinlari 4-13 mart kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar