15 may 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat chegardan chiqmoqda...
UFC jangchisi Xamzat CHimaev chegaran chiqib, Xabib va uning jamoasi haqida gapirishdan to'xtamayapti.
Xamzat Xabib va uning jamoadoshlari haqida "Instagram" sahifasida uchta post qoldirdi va keyinchalik tezda ularni o'chirib tashladi.
U dastlab Abubakr Nurmagomedov tomon "tosh" otdi va u bilan yaqin orada ko'rishishini va tezda yanchib tashlashini malum qildi.
Keyinchalik esa Xabib va Lobov o'rtasidagi nizoli suratni joyladi va shunday fikr bildirdi:
"Men birga-bir jang qilaman, ko'pchilik bilan bitta odamga qarshi emas. Senlarni akalaring butun dunyoga o'zini eng kuchli ekanligini baralla aytganida, barcha uni qo'lladi. Men ham shunday qilishga haqqim yo'qmi?", - deb fikr bildirgan.
Keyinchalik esa bu fikrni ham o'zining "Instagram" sahifasidan olib tashladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
Рамзан хам Хамзат хам Хабиб фаолиятини тугатмасдан олдин у билан фахрланишини айтиб ,мактаниб юрганини хамма билади!..
Улар шунчаки, огзига кеганини гапириб у́зларини обру́йини ту́каяпти холос!...