13 jan 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev Aleks Pereyrani jangga chorlab, manzilni ham belgiladi
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, BAA vakili Xamzat CHimaev yarim og'ir vaznning braziliyalik chempioni Aleks Pereyra bilan jang qilish istagini bildirdi.
U o'zining X (sobiq Twitter) sahifasiga yangi post joylab, Pereyra bilan Oq uyda jang qilmoqchiligini bildirdi.
"Qani ketdik, Oq uyda! Havotir olma, men seni tezda finish qilaman, Aleks Pereyra!", deb yozgan CHimaev o'z sahifasida.
Malumot uchun, Oq uydagi UFC turniri joriy yilning 14 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Let’s go White House ????
— Khamzat Chimaev (@KChimaev) January 12, 2026
Don’t worry, I will finish you fast @AlexPereiraUFC ⚰️
Havola :
Manba : x.com/KChimaev
Fikrlar