24 dek 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Bilol Muhammadga javob qaytardi
Kelib chiqishi chechenistonlik, hozirda SHveciya nomidan jang qilayotgan Hamzat CHimaev Amerikalik UFC jangchisi, ikkinchi yarim og'ir vazn chempioni Bilol Muhammad haqida izoh berdi.
Avvalroq Bilol UFC prezidenti Dana Uaytga u va Xamzat o'rtasida jang tashkillashtirish g'oyasini aytgan edi.
"Menga boshingni olish uchun bir daqiqa etarli", — deya o'z tvitterida javob qaytardi CHimaev.
Eslatma uchun, Hamzat CHimaev so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida xitoylik Li Jianlianga qarshi o'tkazdi. Ushbu jangda CHimaev raqibini dastlabki raundning 4-daqiqasida bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi.
Bilol Muhammad esa so'nggi marta Stiven Tompsonga qarshi jang qildi. Jang 19 dekabr oqshomida Moskvada bo'lib o'tdi va unda hakamlarning qarori bilan Bilol g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar