So’nggi yangiliklar

19:01Matchroom Муроджон Аҳмадалиев — Наоя Иноуэ жангини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 18:39Собиқ жаҳон чемпиони Хайме Мунгия допинг тестидан ўта олмади 0 18:18"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини якунламоқда 0 17:52Расман. Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги эълон қилинди 0 17:26Мераб Двалишвили кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:03Рамазон Темиров Алмабаев билан жангга тайёргарликнинг илк босқичини Таиландда ўтказади 0 16:41"Челси" 70 млн фунтлик трансферни амалга оширадими? 0 16:20Эртага тонгда UFC Vegas 107 турнири ўтказилади (Барча тафсилотлар) 0 15:59Стол теннисчиларимиз Тошкентдаги "Youth Contender" турнирида яна иккита медалга эга чиқишди 0 15:38Бектемир Мелиқўзиев жангга тайёргарлик жараёнида бурнидан жароҳат олган экан 0 15:13"Манчестер Юнайтед" "Челси" ҳужумчисига қизиқмоқда 0 14:37Naiza 73. Тўрт ҳамюртимиздан фақатгина бир нафари ўз жангида ғалаба қозонди 0 14:13Бектемир Мелиқўзиевнинг оғир, аммо муҳим ғалабасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:46Фомин иштирокидаги учрашувда M15 Tashkent 2 турнирининг илк финалчиси аниқланди 0 13:25"Ал Насср" шов-шувли трансферни амалга оширмоқчи 0

11 apr 16:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xamzat CHimaev - fenomen emas! Qodirovning yoqimtoyi UFC'da raundni yutqazdi, nokdaun bo'ldi va chehrasi bejaldi

Teglar :  Xamzat CHimaev
Xamzat CHimaev - fenomen emas! Qodirovning yoqimtoyi UFC'da raundni yutqazdi, nokdaun bo'ldi va chehrasi bejaldi.

Berns bilan dahshatli jang bo'ldi...

Xamzat CHimaev — ikki yildan beri dunyoni aqldan ozdirayotgan UFC'ning kelajakdagi yulduzi. Tashkilotda bor-yo'g'i 4 ta jangda shveciyalik chechen yulduzga aylandi: u atigi 1-2 ta zarbani o'tkazib yubordi, raqiblarini imkoniyatsiz mag'lub etdi va uni Xabib bilan taqqoslashni boshlashdi. Har bir jangda Xamzat raqiblariga jangning boshida tashlandi va ularni yanchib tashladi.

Vaznning ikkinchi raqamli jangchisi bilan to'qnashuv CHimaev uchun sinov bo'ldi. Zero, Gilbert yarim o'rta vazn toifasidagi eng yaxshilardan biri, u chempionlik uchun 2021 yilning fevralida jang qilgandi. O'shanda u Kamaru Usmanni nokaut qilishga sal qolgandi. Berns kuchli zarbaga ega, shuningdek u yaxshi kurash olib boradi: braziliyalikni parter holatiga yotqizish juda ham qiyin. Hatto u bilan Kamaru Usman ham kurashishni istamadi.

CHimaevga kelsak, uning ustun tomoni ham kurash. Uning hech bir jangi ikki raunddan oshmagan.


Bernsga qarshi jang dahshatli to'qnashuv bo'ldi. Xamzat jangdan avval Ramzan Qodirov bilan gaplashdi, undan so'ng esa oktagonda qonli olishuvni ko'rsatib berdi.

Berns bilan jang oldidan CHimaev Qodirov bilan yuzma-yuz gaplashgan — jangchi CHecheniston Respublikasi rahbari bilan do'st bo'lib, uning oldiga borgan. Taxminlarga ko'ra, aynan Qodirov 2021 yilda jangchi koronavirusga chalingan paytda CHimaevni sportga qaytishga ko'ndirgan. CHimaev janglar oldidan xotirjam: u beparvolik bilan qahva ichadi va muxlislar bilan suratga tushadi. UFC 273 oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida esa u jurnalistlarning savollariga dangasalik bilan javob berib, telefonida karta o'ynadi.

Garchi ko'pchilik Bernsga ishonmasa ham, u CHimaevga faoliyatidagi eng qiyin jangni taqdim etdi. Berns yaxshi himoyalandi. Xamzat buni yaxshi tushunib etdi va behuda kuch ketkazmadi. SHuning uchun, jang to'liq turgan holda bo'ldi.

Birinchi raundda Xamzat ustunlik qildi va Bernsga bosim o'tkazdi, braziliyalik esa kuchli yakka zarbalar bilan javob qaytardi. Braziliyalik juda og'ir zarbaga ega va buni CHimaev yaxshigina his qildi.


Birinchi raund o'zaro hujumlar ostida o'tdi, biroq CHimaev tashabbusni o'z qo'liga oldi va ko'proq kuchli, nokaut qilishga qaratilgan zarbalar berdi — 18 taga qarshi 27 (boshiga 15-11).

Ammo ikkinchi raundda Berns to'liq kuchini ko'rsatishni boshladi: u CHimaevni to'xtata boshladi, ko'p va qattiq zarbalar berdi. Xamzat esa biroz hayajonlanib qoldi. CHimaevning kuch-quvvati tugab borayotgani sezildi, shuning uchun CHimaevning aql bovar qilmaydigan kardiosi haqidagi afsona bo'rttirilganligi bilinib qoldi. SHu bilan birga, 35 yoshli Berns ham ancha charchab qolgandi: u bor kuchini ikkinchi besh daqiqalikka ishlatib qo'ydi. Ikkinchi raund Bernsning foydasiga hal bo'ldi 56:37 (45-29 boshiga). So'nggi soniyalarda esa Berns kutilmaganda Xamzatni nokdaun holatiga ham tushirdi.

Ustunlik Berns tomoniga o'tayotgandek tuyyuldi, ammo uchinchi raund boshida malum bo'ldiki - braziliyalikning kuchi tugab qoldi. CHimaev buni payqadi va Bernsni nokaut qilishga urindi, biroq chechenning zarbalari ham ancha kuchsizlanib qolgandi. CHunki uning ham kuchi deyarli qolmagandi.

CHimaev UFC'da TOP ekanligini isbotladi, biroq u fenomen emas. Kovington bilan jang qilishi mumkin, biroq Kamaruga kuchi etmasligi ehtimoli bor

CHimaev jangda bir ovozdan g'alaba qozondi va bu tabiiy hol. Jang teng bo'ldimi? Bo'ldi. Bernsning jangini sensaciya deb bo'lmaydi, chunki ko'pchilik Berns katta tajribaga ega bo'lgan eng yaxshi UFC jangchilardan biri ekanligini bilar edi. CHimaev hali bunday qarshiliklarga duch kelmagandi.

SHu o'rinda savol tug'iladi – CHimaev atrofidagi shov-shuv adolatlimi? Negaki, ko'pchilik Xamzat Bernsni oson mag'lub etadi deb o'ylagandi, ammo yakunda Xamzat braziliyalikni oson mag'lub eta olmadi. Uning o'rniga bitta raundni yutqazdi, nokdaun bo'ldi va yuzini dahshatli jarohatlar o'rab oldi.

CHimaevning atrofidagi maqtovlar yo'qoldimi? Ha va yo'q. Berns — reytinging ikkinchi raqamli jangchisi. Ammo CHimaev uni yakdil qaror bilan mag'lub etdi. Bungacha Gilbert yarim o'rta vazndagi 6 ta jangning 5 tasida g'alaba qozonib, faqat Kamaru Usmanga yutqazgan. SHunday ekan, CHimaevning bunday jangchi ustidan qozongan g'alabasi Xamzatning UFC'ning eng yuqori pog'onalaridan birida bo'lishga munosib.

Ammo u FENOMEN emasligi malum bo'ldi. Uni Xabib bilan solishtirishga hali erta: Nurmagomedov butun faoliyati davomida ustunlik qildi va raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. CHempionning jangiga hech kim dosh bera olmadi, biroq CHimaev ilk xavfli jiddiy raqibning o'zida qiyinchilikka uchradi.

CHimaev va Berns dahshatli jang namoyish etib berishdi va buning uchun mukofotlanishdi. Bernsning zarbalarini Xamzat his qilgani aniq. Ikkinchi raundda nokdaunga tushib qoldi. SHu bilan birga aytish kerakki, Xamzat zarbaga turib bera oladigan jangchi ekanligini ham ko'rsatib berdi. U bir nechta kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi, ammo nokaut bo'lmadi.

Endi nima bo'ladi? Jang oldidan Uayt agar CHimaev g'alaba qozonsa, Kovingtonga qarshi davogarlik jangida ishtirok etadi dedi. Biroq bu jangni Kolbi istaydimi? Aftidan, amerikalikning o'zi endi kamarni quvib, Usman bilan uchinchi marta uchrashishni istamaydi

Kolbi katta ehtimol bilan Dastin Porega qarshi jang qilmoqchi. Bu jang uchun ancha xavfsiz va katta foyda olib keladi. Xamzatga qarshi jang esa biroq qiyin bo'lishi mumkin, chunki chechenning gavda tuzilishi ancha katta. Xamzatning oldida Kolbi juda kichik bo'lib qoladi.

Kolbiga qarshi bo'lajak jangda Xamzat ustunlik qilishi mumkin. Xamzatning Kolbiga qarshi parterda ishlashi ancha qiyin, chunki Kovington erda ancha yaxshi harakat qiladi. SHuningdek AQSH vakilining kardiosi ham joyida. Xamzat raqibini turgan holda nokaut qilishi mumkin.

Biroq Xamzat CHimaevning vazn chempioniga qarshi jang qilishiga hali ancha borga o'xshab qoldi. U bu jangda aniq anderdog bo'ladi. Kamaru hech bir jabhada raqibidan kuchsiz emas. SHuningdek, Kamaruning gavdasi ham yarim o'rta vazn uchun ancha kattalik qiladi va ular orasida farq katta bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
11 apr 20:33:22
Uz_MMA
Зўр тахлил админга рахмат, хаммаси жой жойида йозилган мақола
   
11 apr 19:22:31
Адекват
Яхши тахлил учун рахмат. Айтганларидек хаммани ва хаммасини вакт жойига куяди. Мана осмон фалакда учиб юрган, 2 та зур ЮФС жангчисини бир окшомда йук киламан деган, Шавкатни чурбан деган мактанчокни билдик, яхшидир, лекин зур эмас. Хамюртлар дуо килайлик бизни камтар узбек йигитларимиз ЮФС га утиб Темур авлодларини кандайлигини дунега курсатиб куйсин.
   
11 apr 19:21:55
Адекват
Яхши тахлил учун рахмат. Айтганларидек хаммани ва хаммасини вакт жойига куяди. Мана осмон фалакда учиб юрган, 2 та зур ЮФС жангчисини бир окшомда йук киламан деган, Шавкатни чурбан деган мактанчокни билдик, яхшидир, лекин зур эмас. Хамюртлар дуо килайлик бизни камтар узбек йигитларимиз ЮФС га утиб Темур авлодларини кандайлигини дунега курсатиб куйсин.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing