25 may 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev: "Kamar uchun jang qilmoqchiman, qaysi vazndaligining ahamiyati yo'q"
SHveciyalik MMA jangchisi Xamzat CHimaev chempionlik jangida ishtirok etishni istaydi.
"Kamar uchun jang qilmoqchiman. Qaysi vaznda ekanligining ahamiyati yo'q. Men 77 kilogramm ham qila olaman, ammo qandaydir nomalum sportchi uchun bu ishni qilmoqchi emasman. Men diviziondagi uchinchi raqamli jangchiman, garchi aslida raqamlar men uchun ahamiyatga ega emas.
O'zimni yarimo'rta vazn toifasi qiroli deb hisoblayman va bu vazn qirolini mag'lub etishim mumkin - shunchaki menga kamar uchun jangga imkon bering. Men Leon bilan, Usman bilan, Israel bilan jangga tayyorman. Barchasi bilan jangga tayyorman. Men o'zimni zo'r deb hisoblayman, agar sen o'zingni zo'r deb hisoblasang, eng zo'rlarga qarshi jang qilishing kerak", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar