05 noy 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Kolbi Kovingtonga javob qaytardi
UFC yulduziga aylanib borayotgan Xamzat CHimaev yakshanba tongida chempion Kamaru Usmanga qarshi oktagonga ko'tariladigan Kolbi Kovingtonga javob qaytardi.
Kovington asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan CHimaevni haqorat qilib, uni chempionlik jangiga nomunosib deb atagandi.
"Siz meni hech qachon bu holatda ko'rmaysiz", - deya o'zining Tvitter sahifasiga amerikalik Kolbining qonga belangan suratini joylagan CHimaev.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yakshanba tongida 27 yoshli Xamzat CHimaev bir yildan ortiqroq davom etgan tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan va birinchi raundning o'zidayoq xitoylik Li Jinliangni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar