30 apr 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev navbatdagi raqibi kim bo'lishi haqidagi savolga javob berdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev navbatdagi raqibi haqida gapirdi.
«Menga Kolbi Kovingtonga qarshi jang 100 foiz bo'lishini aytishdi, ko'ramiz nima bo'lar ekan. Oktyabrda Abu-Dabida jang qilaman deb umid qilaman. Agar Kolbi menga qarshi jangdan bosh tortadigan bo'lsa, Belal Muhammadga qarshi oktagonga ko'tarilaman. U bilan ham jang qilishga tayyorman. Menga raqib kim bo'lishini farqi yo'q. Agar bu jang orqali men chempionlik jangiga chiqadigan bo'lsam, istalgan jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilishga tayyorman. Balki o'rta vaznga ko'tarilib, u erda ham kuchlilarga qarshi jang qilarman»,-dedi Xamzat.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar