20 jan 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Nil Magni haqida: "Yo'q og'ayni, men sening oyog'ingni sindirib, joningni olaman"
Yarimo'rta vazn toifasida istiqbolli UFC jangchisi Xamzat CHimaev raqiblaridan biri Nil Magni haqida gapirdi.
Asli kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan shved fuqarosi amerikalik jangchi u bilan jangda raqobat qila olmasligini aytdi.
"UFC nega bu jangni tashkillashtirmayotganini bilmayman. Men buni ertaga ham surishtirishim mumkin. Ertagami, bugunmi — bilmayman, bu muhim emas. Qarang, u Li Jianlinga nima qildi va men unga nima qildim. Sen boshqa darajadasan. Men unga bitta musht tashlashiga, bu yigit bilan o'ynashiga ruxsat bermadim. Ammo Magni u bilan qiyin kurash olib bordi. Va u meni mag'lub etishi mumkinligini aytdi. Yo'q, og'ayni, oyog'ingni sindiraman! Men hammani eb tashlayman. Joningni olaman", — deb vada berdi CHimaev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar