30 sen 17:01
Yangiliklar

Xamzat CHimaev nima uchun Makgregorni jangga chorlaganini aytdi
Eslatib o'tamiz, oldinroq Xamzat CHimaev Makgregorni jangga chaqirgandi. Konor ham faoliyatini uchunchi marta yakunlaganiga qaramasdan bu chaqiruvni qabul qilgandi.
CHimaevning so'zlariga ko'ra, bunday mashhur sportchi bilan jang anchagina pul olib kelishi mumkin.
"Amerikada treshtokni yaxshi ko'rishadi, shu sabab men Konorga chaqiruv tashladim. Umuman olganda, uning do'sti Dillon Denis doim nimalarnidir gapiradi. U ovozini o'chirsa bo'lardi. Konorga kelsak, men unga mo'maygina pul ishlab olishi mumkin bo'lgan jang taklif qilardim",-dedi Xamzat CHimaev.
CHimaev to'qqiz jangdan to'qqiztasini g'alaba bilan tugatgan. SHulardan 3tasini u UFCda qo'lga kiritgan. Makgregorning rekordi esa 22 g'alaba va to'rt mag'lubiyatni tashkil etadi.
Fikrlar