07 iyu 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev operaciya qilinishi mumkin
CHechenistonlik, asli shveciyalik jangchi, yarim o'rta va o'rta vazn toifalarida UFC'da jang qilgan Xamzat CHimaev tizzasidan jarrohlik amaliyoti o'tkazishi mumkin.
Bu haqda TASS sportchi jamoasining vakiliga asoslanib xabar bermoqda.
"Xamzat tizzasidan operaciya qilinishi ehtimoli bor", - deyiladi manbada.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xamzat CHimaev koronavirus bilan kasallangan edi. COVID-19dan keyin sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keldi, bu unga jismoniy mashg'ulotlar qilishga xalaqit berdi. CHimaev sportdan ketishini elon qildi. Ammo CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov sportchini aralash yakkakurashlardan voz kechmaslikka ishontirganlardan biri bo'ldi.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar