01 dek 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev qaysi mamlakat sharafini himoya qilishi haqida gapirdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev qaysi mamlakat sharafini himoya qilishi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, u CHechenistonda tug'ilgan. 19 yoshligida esa oilasi bilan SHveciyaga ko'chib ketgan. SHu sababi unda SHveciya pasporti bor.
"Men Rossiya sharafini himoya qilaman desak ham bo'laveradi. CHunki barcha chechenistonliklar Rossiya pasportiga ega. Rossiyadagi barcha millat vakillarida yagona pasport. Barchasini rossiyalik desak bo'ladi. Men dunyo odamiman. Nima uchun "u chechenistonlik", "u rossiyalik" degan gaplar bo'lishi kerak. Mendan nima uchun bayroqni ko'tarib chiqmasligim haqida so'rashadi. Bayroqlar o'zgaradi. SSSRda bitta bayroq bor edi. Hozir Rossiyada boshqacha. Bayroqlar o'zgaradi, odamlar o'zgarmaydi. Men barcha yaxshi odamlar tomonman", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar