19 avg 13:13
Yangiliklar
Xamzat CHimaev UFC`ga murojaat qildi: "Nimani kutyapmiz?"
"Nimani kutyapmiz? Men jang qilmoqchiman, Dana Uayt", – deb yozdi "Borz" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dunyoning eng kuchli ligasi prezidentiga murojaat qilib.
Joriy yilning may oyida shu paytgacha mag'lubiyat nimaligini bilmagan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi chempionlik kamari uchun SHon Striklendga qarshi jang qilib, hakamlarning bahsli qarori bilan amerikalik raqibiga imkoniyatni boy bergan va chempionlik unvonidan ayrilgandi.
Jangdan so'ng CHimaev zudlik bilan revansh kutayotganini bildirgan, biroq Striklend elkasidagi jarohati tufayli joriy yilning dekabr oyigacha oktagonga qayta olmasligini aytgandi.
Xamzat CHimaev 5 sentyabr kuni Moskvada bo'lib o'tadigan RAF turnirida raqobatga qaytadi. Turnirning markaziy jangida u UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni Tayron Vudliga qarshi kurash bo'yicha bahs olib boradi.

Fikrlar