10 iyu 11:20
Yangiliklar

Xamzat CHimaevda umuman kutilmagan raqib
Obro'li Combate nashri jurnalisti Rafael Marinyuning aytishicha, CHimaev Abu-Dabidagi UFC 267 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi xitoylik Li Czinlyan bo'ladi. Tomonlar jang shartlari bo'yicha kelishib olishgan. Yaqin kunlarda jang shartnomasiga rasman imzo chekiladi.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev so'nggi bor 2020 yilning sentyabr oyida oktagonga ko'tarilgandi. SHundan so'ng u koronavirusning og'ir ko'rinishi bilan kasallandi va hatto faoliyatini ham yakunlagandi. Lekin Ramzan Kadirovning say-harakati bilan bu fikridan qaytgan edi.
CHimaev MMAda jami 9 ta g'alabaga erishgan. UFC promoushenida qisqa muddatda uchta jang o'tkazib, barchasida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Czinlyan esa faoliyati davomida 18 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Xitoylik jangchi UFC ligasida 2014 yildan beri ishtirok etib kelmoqda.
Fikrlar