05 okt 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaevning do'sti - Darren Till dekabrda jang qiladi
Angliyalik UFC jangchisi Darren Tillning navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi oydinlashdi.
Insayder Marsel Dorffning malum qilishicha, Darren Till navbatdagi jangini Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessiga qarshi o'tkazadi. Jang 10 dekabr kuni Las-Vegasda, UFC 282 musobaqasi doirasida bo'lib o'tadi.
Darren Till so'nggi bor 2021 yil 4 sentyabrda Derek Bransonga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan edi. Dyu Plessi esa 2 iyul kuni Bred Tavaresga qarshi oktagonga chiqib, g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : twitter.com/Marcel Dorff
Fikrlar