30 jan 07:23
Yangiliklar

Xamzat CHimaevning qachon va kimga qarshi jang qilishi malum
Unga ko'ra, Xamzat 9 aprel kuni braziliyalik Gilbert Bernsga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu to'qnashuv UFC 273 kechasi doirasida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, UFC 273 kechasining markaziy jangida yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski «Koreyalik Zombi» nomi bilan mashhurlikka erishgan CHon CHxan Songa qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, Xamzat so'nggi jangini UFC 267 turniri doirasida xitoylik Li Jianlinga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. CHimaev UFC'dagi to'rtta jangida bor yo'g'i ikki marotaba zarba o'tkazib yuborgan.
Berns esa so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida Stiven Tompsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Fikrlar