22 fev 15:14
Yangiliklar
Xamzatga Adesanya bilan jang taklif qilinmagan, lekin...
"Adesanya bilan jang borasida taklif bo'lmagan. Bizga Kamaru Usman bilan jangdan so'ng chempionlik jangiga kafolat berishgandi. Ammo UFC 300 turniri uchun -77 kg vazn toifasida Leon Edvards bilan jangni taklif qilishdi. Turnirga ikki oy qolganda bu taklif bo'ldi. Bizda -77 kg vazn toifasiga qaytmaslik rejasi bor, bundan tashqari u payt Ramazon oyi bo'ladi.
Agar bu omillar bo'lmasa ham, ikki oy qolganida chempionlik jangiga hech kim chiqmaydi. Taklif bo'lgandi, sharoitlar esa yo'q. Hozir hech qanday yangilik yo'q, lekin Ramazondan keyin variantlarni ko'rib chiqishimizni aytdik. -77 kg ga vazn tashlashga kafolat bera olmasligimizni malum qildik. Agar Xamzat vazn meyorini bajarsa ham, bu faqatgina bitta jang uchun bo'ladi", - dedi Artur CHimaev.
Fikrlar