So’nggi yangiliklar

18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0

25 fev 09:57
Yangiliklar

Qilichbozlik

Xanchjou-2022, Parij-2024: Qilichbozlikning barcha yo'nalishlarida licenziya kutilayotgan emish

Teglar :  Qilichbozlik
Bu haqida MOQ rasmiy sayti xabar berdi.

MOQ rahbariyati Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar bilan Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bilan tanishib chiqishda davom etadi. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan shunday rejalar muhokama qilindi.

Mazkur tadbir onlayn formatda MOQ hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov tomonidan olib borildi. Unda, shuningdek, federaciya rahbariyatining boshqa mutasaddilari va murabbiylar ham ishtirok etishdi. Xanchjou va Parij musobaqalariga tayyorgarlik bo'yicha federaciya bosh kotibi Gulnora Saidova batafsil gapirib o'tdi. Suhbat davomida MOQ raisi har bir yo'nalishdagi murabbiylar bilan rejalar haqida alohida gaplashdi.

“Terma jamoalarimizga o'z sohasining kuchli mutaxassislari jalb qilingan. Bizni hukumatimiz qo'llab-quvvatlayotgan ekan, ular bilan yuksak natijalarga erisha olamiz. Muhtaram Prezidentimiz Yangi O'zbekistonni barpo qilmoqdalar. Biz bunda sport sohasidagi g'alabalarimiz bilan hissa qo'shishimiz lozim. Tushunaman, qilichbozlikda ham Olimpiya o'yinlariga yo'llanma va unda medal olish murakkab. Biroq biz buni birgalikda uddalashimiz kerak”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Har bir yo'nalish murabbiylari suhbatda o'z dasturlari bo'yicha iqtidorli sportchilar bilan ishlash rejasi, Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalar kutilayotgani haqida aytib o'tishdi. O'z navbatida, MOQ raisi selekciya ishlarni yanada kuchaytirish, viloyatlardan iqtidorli sportchilarni saralashga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing