12 sen 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaritonov Mayk Taysonni mag'lub etgan Uilyamsni nokautga uchratdi FOTOGALEREYA
Moskva viloyatining Ximki shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik MMA jangchisi Sergey Xaritonov WBC chempionlik kamariga sobiq davogar Denni Uilyamsga qarshi ringga ko'tarildi. Bu Xaritonov uchun prof ringdagi debyut jang edi.
Uilyams esa afsonaviy Mayk Taysonni mag'lubiyatga uchratish orqali boks olamida shuhratga erishgandi. Birinchi raundning o'zida Xaritonov nomdor raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Britaniyalik bokschi o'rnidan turib, jangni davom ettirish uchun o'zida kuch topa oldi. Ikkinchi raundda vaziyat yana tarorlandi va bu safar referi jangni to'xtatdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar