22 okt 16:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasbik P4P birinchi raqamli jangchisining kamarini tortib oldi + VIDEO
UFC matbuot xizmati Hasbik nomi bilan tanilgan dog'istonlik bloger Xasbulla Magomedov ishtirokidagi yangi videoni taqdim etdi.
U bilan birga yarim engil vaznda UFC chempioni Aleks Volkanovski bilan rolikda tushdi.
Videoda Xasbek Volkanovski o'tirgan xonaga kiradi, shundan so'ng avstraliyalik jangchiga hujum qiladi. Uni yiqitadi va kaltaklashda davom etadi. Keyin Xasbek Aleksning chempionlik kamarini tortib oladi.
Eslatib o'tamiz, Xasbik UFC bilan marketing sohasida shartnoma imzolagandi. Volkanovski esa Abu-Dabida markaziy jang uchun zaxira varianti sifatida tashrif buyurgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar