14 okt 18:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasbik UFC bilan shartnoma imzolagani borasidagi fikrlarga javob qaytardi
Rossiyalik bloger Xasbulla Magomedov rasman UFC bilan uzoq yillik shartnoma imzolaganini malum qildi.
"UFC haqidagi mish-mishlar haqiqat, men rasman shartnoma imzoladim, tafsilotlar yil oxirida malum bo'ladi", - deb yozdi Xasbik ijtimoiy tarmoqlarda tegishli suratni joylashtirgan holda.
“UFC va Dana Uaytga imkoniyat uchun rahmat, ishonchingizni oqlashga harakat qilaman. Hammamizga yo'l ochgan Xabib akaga rahmat. Tez orada barcha muxlislar mening jangovar to'plamimni UFC.com va rasmiy Hasbulla.com do'konimdan sotib olishlari mumkin bo'ladi",-dedi Xasbik.
Malumot uchun, Magomedov alohida takidlaganidek, uning asosiy vazifasi tashkilot tadbirlarida qatnashish va OAV faoliyati bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar