30 avg 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xasim Rahman Usik - Fyuri jangi uchun taxmin bildirdi
Superog'ir vazn toifasining sobiq chempioni Xasim Rahman Fyuri va Usik o'rtasidagi ehtimoliy jang uchun fikrlarini bildirdi.
"Usik Fyurini mag'lub eta oladimi? Menimcha ha. Usik uni taslim etadi deb o'ylayapman. Aleksandr ayni paytda vazn toifasidagi eng zo'ri deb o'ylayman. Menimcha, Fyuri Usikdan o'rnak oladi. Biroq, Fyuri boksda qilayotgan ishlarni Usik undan ham yaxshiroq bajara oladi.
Usikning boks IQ'si muhim rol o'ynashi mumkin", - dedi Rahman.
Havola :
Manba : FightHype
Fikrlar