21 iyu 09:38
Yangiliklar
Dzyudo
Xato qilishdan emas, uni takrorlashdan qo'rqish kerak
Bir necha kun davomida O'zbekiston dzyudo federaciyasida Tokio Olimpiadasiga taraddud ko'rayotgan terma jamoa azolari uchun o'ziga xos o'quv-seminar tashkil etildi.
Unga har bir dzyudochi va uning shaxsiy murabbiyi taklif etildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi, mamlakat dzyudo federaciyasida maslahatchi murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Vladimir Pyataev, federaciya sport bo'limi mutaxassisi Artyom Bagdasarov ishtirokida o'tgan ushbu tadbirda har bir dzyudochining so'nggi musobaqalar, xususan Jahon chempionatidagi bellashuvlarda yo'l qo'ygan xato va kamchiliklari tahlil qilindi. Xatolarni takrorlamaslik bo'yicha ko'rsatmalar beridi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar