10 avg 07:45
Yangiliklar

Xaver Mendes: Konor boshqarib bo'lmaydigan darajada ahmoq
«Bunday izohdan keyin Konor kimga yoqishi kerak? Ko'pchilik koronavirus tufayli oilasini, biznesini va boshqa ko'plab narsalarini yo'qotdi. Sen kelib-kelib aynan shularning ustidan kulasanmi? Yoki hazillashayapsanmi? Har qanday holatda ham sen ahmoqsan! Bu odamlarning yuragiga hanjar sanchishga o'xshaydi. Konor - boshqarib bo'lmaydigan darajada ahmoq», - deya Mendesning so'zlarini keltiradi Sportskee.
Eslatib o'tamiz, amerikalik Dastin Pore Makgregor ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, Nurmagomedov shunday yozgan edi: «Yaxshilik har doim yovuzlik ustidan g'alaba qozonadi». Aynan shu so'zlar Makgregorga tegib ketgan va darhol bunga javob qaytargan edi.
«Demak, koronavirus yaxshi, otasi yomonmi?» – deya izoh yozgandi o'shanda Makgregor.
Fikrlar