11 iyu 22:48
Yangiliklar
Xayr Toshkent, salom Tokio! Dzyudochilarimiz yaxshi niyatlar ila Olimpiadaga yo'l olishdi + FOTOREPORTAJ
Dzyudochilarimiz Tokioga kirishdan avval Maydzuru shahrida Olimpiadaga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Maydzuru - yapon dengizi sohilida joylashgan Kioto prefekturasidagi port shahar hisoblanadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi Olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida Maydzuruga ikkita tarkibni jo'natdi. Ikkinchi tarkib mashg'ulotlarda Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilarimizga yordam beradi. Maydzurudagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 iyulga qadar davom etadi va shundan so'ng terma jamoamiz delegaciyasi Tokio shahridagi olimpiya qishlog'iga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, o'zbek dzyudosi tarixida ilk bor 10 (7 erkak, 3 ayol) nafar sportchimiz to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida medallar uchun tatamiga chiqadi. SHuningdek, tarixda ilk bor jamoamiy bahslarda ham ishtirok etamiz.
Fikrlar