05 dek 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Xeyni va Lomachenko o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangining ehtimoliy sanasi va manzili malum
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Devin Xeyni va Vasiliy Lomachenko o'rtasida mutlaq chempionlik jangi mart oyining birinchi yarmida tashkil etilishi mumkinligini aytdi.
Promouterning so'zlariga ko'ra, uzoq kutilgan jang sanasi yaqin haftalarda elon qilinadi.
"Umid qilamanki, jang sanasini yaqin haftalarda rasman elon qilamiz va mart oyining o'rtalarida jang tashkillashtiramiz. Hozircha jang qaerda bo'lishini aniq bilmaymiz. Lekin, jang Yaqin SHarq, Las-Vegas yoki Nyu-Yorkda bo'lishi ayiq", - dedi Arum.
Avvalroq, Devin Xeynining otasi va murabbiyi Bill Xeyni o'g'li va ukrainalik Vasiliy Lomachenko o'rtasida jang tashkil etish bo'yicha muzokaralar yakuniga etib qolganini aytgandi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar