26 dek 16:01
Yangiliklar

Xeynining niyati Kambosos bilan jang qilish va mutlaq chempion bo'lish
Engil vazn toifasida WVC yo'nalishi chempioni Devin Xeyni mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos bilan ringda uchrashishga tayyorligini bildirdi.
«Eshitishimga ko'ra, Kambosos bilan ehtimoliy jangim haqida hech qanday aniq gap bo'lmagan, ammo ko'ramiz. Bu jang juda real. Eddi Xirnning takidlashicha, bu haqiqatga yaqin. Mutlaq chempionlik kamari uchun Kambosos bilan o'rtamizda haqiqiy jang tashkil qilishimiz kerak. Ko'pchilik bu kurashni talab qilmoqda. O'ylaymanki, bu bo'ladi, lekin biz buni amalga oshirishimiz uchun muxlislar Jorj va uning jamoasiga bosim o'tkazishda davom etishlari kerak. Kambosos mening asosiy maqsadim. Men barcha kamarlarni birlashtirib, keyin birinchi yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarilib, u erda kurashmoqchiman», - deya Xeynidan iqtibos keltiradi DAZN Boxing.
Fikrlar