28 fev 17:23
Yangiliklar
Xirn: "Dana Uaytning o'rnida bo'lganimda uning UFCda qolishi uchun barcha narsani qilardim"
Boks promouteri Eddi Xirn Konor Makgregorning UFC'da faoliyatini davom ettirishi tarafdori.
"Konorning UFC'da qolishi uchun barcha ishni qilgan bo'lardim. CHunki u sportga boshqa xech kim bera olmaydigan narsani olib kiradi - entuziazm, yorqinlik. U reytinglar, PPV raqamlari, kompaniyaning bozor narxi o'sishiga yordam berishda davom etmoqda. Ammo keling, to'g'risini aytamiz. Dana Uayt mening maslahatimga zor emas.
Konor bilan ishlash qiyin bo'ladi. Ammo u bunga arziydi. Afsona. O'ziga promouter bo'lgan yigit", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : MMA Hour
Fikrlar