06 fev 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn: "Joshua hali kamarlarini qaytarib oladi"
Promouter Eddi Xirn Entoni Joshua haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Unga katta bosim bo'ladi. SHuning uchun Ey Jey navbatdagi jangida g'alaba qozona olmasa, bizda katta muammolar yuzaga keladi. Men sizga aytyapman, bu yigitcha haliyam jahonning eng kuchli og'ir vaznli bokschilari uchligiga kiradi va kamarlarini qaytarib olishga qodir.
Siz Entoni Joshuaning qaytishini ko'rasiz. To'g'risini aytsam, siz xavfli, uch karra jahon chempioni bo'lish uchun motivaciyaga ega insonni ko'rasiz. Hozir oldinda Jermeyn Franklinga qarshi jang bor. U ko'pchilikning fikriga ko'ra Dillian Uaytni mag'lub etgan. Bu haqiqatdan ham qiyin jang bo'ladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar