15 jan 14:53
Yangiliklar

Xirn: "Joshua tayyorgarlikni boshlaganidan so'ng, murabbiylari nomini elon qiladi"
Taniqli promouter Eddi Xirn, super og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'z murabbiylar shtabini yangilayotgani, buni tez orada elon qilishini aytdi.
"Joshua tez orada murabbiylari bilan bog'liq yangilikni elon qiladi. Bu yanvar oyining oxirida yuz beradi. Joshua barchasini to'g'ri qilish uchun harakat qilmoqda. Ko'pchilik murabbiyni o'zgartirish katta tavakkal emasmi demoqda. Men boshqacha savol beraman: "O'z jamoang va atrofingdagi insonlar bilan o'zingni noqulay his qilishing tavakkal emasmi? Joshua tayyorgarlikni boshlaganidan so'ng, murabbiylari nomini elon qiladi.
Joshua o'zining havaskor boksdan beri ustozi bo'lgan murabbiy Robert Makkreken bilan har doim yaxshi aloqada bo'lgan. Yangi murabbiylar bilan uning jamoasi ham kengayadi. Hozir aloqalar qandayligini aniq bilmayman. Buni Joshuaning o'zi aytib bergani maqul", -deydi Eddi Xirn.
Fikrlar