06 iyu 07:29
Yangiliklar
Xirn Joshua - Usik o'rtasidagi revansh jangida kim g'alaba qozonishini aytdi
Promouterning so'zlariga ko'ra britaniyalik bokschi jamoasi bilan jangga uchta reja tayyorlab qo'ygan.
"Usik tanaga zarba o'tkazishni yoqtirmaydi. Joshua revansh jangida tajovuzkor boks namoyish etishi kerak. Ammo, shu bilan cheklanib qolish kerak emas. Robert Garsiya jangga uchta reja tuzish kerakligini aytdi. Bu yaxshi albatta. Sababi Usik juda-juda aqlli bokschi" — dedi promouter.
Xirn jang muddatidan oldin yakunlanishiga ishonchi komil.
"Aytganimdek Joshua tajovuzkor boks ko'rsatishi kerak. U g'alaba qozonishi shartligini biladi. U Usikni nokaut qilishiga ishonaman. Joshua revansh jangida uni mag'lub qiladi. Entoni ochkolar hisobida g'alaba qozonishiga shubham bor. U Usikni nokaut qilishi kerak", — deya qo'shimcha qildi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning oktyabr oyida o'tkazilgan va unda Aleksandr Usik Joshuani 117-112, 115-113, 116-112 hisobida mag'lub etgandi. Ushbu g'alaba orqali u Entoniga tegishli WBA Super, IBF va WBO kamarlarini tortib olgan edi.
Fikrlar