24 dek 10:34
Yangiliklar

Xirn Joshua Usikni qanday mag'lub etishini tushuntirdi
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Entoni Joshua va WBA, WBO, IBF yo'nalishlarida jahon chempioni, og'ir vaznli Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh haqida gapirdi.
Britaniyalik promouterning so'zlariga ko'ra, agar Joshua barcha kuchli xislatlaridan foydalansa, g'alaba qozonish uchun har qanday imkoniyatga ega.
"Biz Joshua va Usik o'rtasidagi jangda nima bo'lishini yana bir bor ko'rishimiz kerak. Men Allenning gaplariga umuman qo'shilmayman. Joshua Usik bilan revanshga birinchi jangdagidek yondoshmasligi mumkin.
Hammamiz bilamiz, Entoni — yaxshi texnik mahoratga ega, kuchli bokschi. Usik — professional boksga yaxshi moslashgan juda tajribali havaskor. Uning qo'lida "kozyr"lar ko'p".
Menimcha, Entoni Aleksandrga shunchaki bosim qilishi kerak, bu tezkorlik bilan va samarali bosim bo'lishi kerak. Entoni kuch-quvvatidan foydalanishiga ko'ra, aqlli ikkinchi jangchi bo'lishi kerak", — dedi Xirn Boxing News 24 nashriga.
Eslatma uchun, birinchi jangda Joshua hakamlarning qaroriga ko'ra Usikga yutqazib qo'ygan edi. Bokschilar o'rtasidagi revansh 2022 yil birinchi yarmida bo'lishi kutilyapti.
Fikrlar