21 okt 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Joshuaning yil oxirigacha qaytishi ehtimolini baholadi
Promouter Eddi Xirn mijozi, super og'ir vazn toifasining sobiq chempioni Entoni Joshuaning navbatdagi jangi haqidagi savolga javob berdi.
"Uning bu yil jang o'tkazish imkoniyati bor. Garchi, bu dargumon bo'lsa-da. U jang qilishga tayyor, hozir ham yig'inda. Biz uni markaziy jangga qo'yishni rejalashtirmayapmiz. Agar u pastroq darajadagi jangni xohlasa, buni amalga oshirib berishimiz mumkin.
Uning har bir jangi odatda muxlislarga to'la stadionda bo'lib o'tadi. Ammo Entonining o'zi shunchaki ringga chiqib, nimalarga qodir ekanini ko'rsatmoqchiman. Bizga pul kerak emas. Agar bu jang fevral oyi uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishimizga yordam bersa va Tayson Fyuri bilan to'qnash kelishimizga yordam bersa, biz tayyormiz", deydi Xirn.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar