22 apr 09:23
Yangiliklar

Xirn: "Kanelo Usikni mag'lub eta olishiga ishonmoqda"
Eddi Xirn meksikalik chempion jahonning eng yaxshi bokschilari, jumladan, Aleksandr Usik bilan jang qilmoqchi ekanligini malum qildi.
"Kanelo yirtqichga o'xshaydi. Uning bo'yni mening sonimga teng. U supero'rta vazn toifasida jang qilgan. Demak, Saul yarimog'ir vazn uchun juda kichik va bu ajoyib yutuq.
Kanelo Kovalevga qarshi jang qilganida, yarimog'ir vazn toifasida ko'rinmay qolgan edi. Hozirda Bivol o'zining eng yuqori sport formasida. Bivol hamon mag'lubiyatga uchramagan va ko'pchilik uni eng zo'r bo'lishiga ishonadi. U yosh, qonga tashna va tana tuzilishi bo'yicha Kanelodan ustun jangchi. Ammo, Kanelo vazn toifasidan qatiy nazar boks qiroli.
Agar u bilan gaplashsangiz, hech qachon mag'lub bo'lmasligiga amin bo'lasiz. Kanelo Aleksandr Usik va boshqa mashhur bokschilarni mag'lub eta olishiga ishonmoqda", - dedi Eddi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Bivol - Kanelo jangi 7 may kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Fikrlar