28 may 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Xirnning aytishicha, Joshua hali Fyuri bilan jang bo'yicha shartnomani olmagan
Promouter Eddi Xirn Entoni Joshua Tayson Fyuri bilan jang uchun hali shartnoma olmaganini aytgan.
Bu haqida jurnalist Maykl Benson malumot berdi.
"Xirn Tayson Fyurining so'zlarini rad etmoqda. U Jorj Uorren muzokaralarni tiklamoqchi ekanligini tasdiqladi, ammo qo'shimchasiga Ey Jey Fyuriga ishonmasligini ham aytgan.
SHuning uchun Joshua avgust oyida jang qilish fikridan voz kechmagan. Keyin esa Deontey Uaylderga qarshi dekabr oyida jang bor", - dedi Benson.
Avvalroq Fyuri Joshuaga sentyabr oyidagi jang uchun shartnoma yuborilgani haqida aytgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar