05 may 17:20
Yangiliklar
Xitoydagi Osiyo o'yinlarida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilarga qancha mukofot puli berilishi malum bo'ldi
Joriy yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash, ularda oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan sportchilarni moddiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasining taklifiga ko'ra Xanchjou shahrida (Xitoy) 2022 yil 10-25 sentyabr kunlari XIX yozgi Osiyo o'yinlari hamda shu yilning 9-15 oktyabr kunlari IV yozgi Paraosiyo o'yinlarida (keyingi o'rinlarda – Osiyo va Paraosiyo o'yinlari) O'zbekiston sport delegaciyasining ishtirok etishi rejalashtirilganligi malumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
O'zbekiston sport delegaciyasining avvalgi Osiyo o'yinlariga nisbatan sport turlari bo'yicha 30 tadan 35 tagacha hamda Paraosiyo o'yinlariga nisbatan parasport turlari bo'yicha 8 tadan 13 tagacha, umumiy professional sportchilar sonini 50 foizdan oshirish;
ananaviy yakkakurash sport turlari bilan bir qatorda o'q otish, engil atletika, eshkak eshish, velosport, gandbol, regbi, basketbol 3x3, suv sporti, shuningdek, paravelosport va parashaxmat sport turlari bo'yicha natijadorlikni oshirish;
sportchilarning genetik va fenokopik imkoniyatlarini o'rganib, ularga racional ovqatlanish hamda mashg'ulot yuklamalarini to'g'ri taqsimlash bo'yicha tavsiyalar berish va ularni milliy terma jamoalarga jalb qilish, shuningdek, har bir sportchining psixologik portretini shakllantirish orqali psixologik tayyorlab borish;
sport turlari bo'yicha tayyorgarlik jarayoniga xorijiy trenerlar va mutaxassislarni, shu jumladan, sport farmakologlari, dietologlari, psixologlarini jalb qilish;
sportchilar uchun uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish hamda yakuniy tayyorgarlik bosqichini samarali va sifatli tashkil etish.
3. O'zbekiston sport delegaciyasining 2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi bo'yicha “yo'l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo'yilsinki:
a) Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilari:
oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
b) Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
v) Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, dietolog, massajist va boshqalar):
oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;
bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi;
g) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.
5. Belgilansinki, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilari va ularni tayyorlagan trenerlar qo'shimcha ravishda mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi:
a) Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilari:
oltin medal uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida;
kumush medal uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
bronza medal uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida rag'batlantiriladi;
b) Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan O'zbekiston sportchilarini tayyorlagan trenerlar:
oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining – 200 baravari miqdorida;
kumush medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining – 100 baravari miqdorida;
bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining – 50 baravari miqdorida;
v) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar mahalliy byudjetning qoldiq mablag'lari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qoplanadi.
6. Quyidagilar Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasiga ajratilgan Davlat byudjeti mablag'lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. 2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini tayyorlash bo'yicha Respublika komissiyasiga (A.N. Aripov):
ikki hafta muddatda Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston sport delegaciyasining kontingentini, shuningdek, ushbu o'yinlarga bosqichma-bosqich tayyorgarlik olib borish sxemasini tasdiqlash;
Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va muvaffaqiyatli ishtirok etish bo'yicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yo'l xaritasi”da masul vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishini nazoratga olish;
sport sohasidagi malakali mutaxassislar va masul sport tashkilotlari vakillaridan iborat Osiyo va Paraosiyo o'yinlari tezkor shtablari faoliyatini tashkil etish;
Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlariga sport bazalarini biriktirish, sport inventarlari bilan taminlash, 110 kunlik uzluksiz mahalliy va xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda xalqaro sport musobaqalarida terma jamoa azolari ishtirokini taminlash;
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi huzurida sportchilarning doping nazoratini olib borish uchun mo'ljallangan Dopingga qarshi mamuriyat va boshqaruv tizimi (ADAMS) dasturi bo'yicha maxsus ishchi guruhlarini tashkil etish;
natijadorligi past bo'lgan sport federaciya (associaciya)larida zamonaviy sport menejmentini yo'lga qo'yish.
8. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (SH.Tashmatov), O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev)ga:
sportchilarning xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarligi davomida jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash, jumladan, trenerlar, sport shifokorlari, hakamlar ishtirokida mahalliy va xalqaro seminar-treninglar, master-klass tadbirlarini o'tkazib borish choralarini ko'rish;
Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi azolarining qatnashishi uchun ularni sport anjomlari, rasmiy libos
va sport ekipirovkasi bilan taminlash;
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi azolarini tantanali kuzatish va kutib olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish vazifasi yuklatilsin.
9. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (SH.Tashmatov), Sog'liqni saqlash vazirligi (B.Musaev) milliy terma jamoa azolariga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, ularning jismoniy holatini yaxshilash maqsadida:
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi o'rinlarda – Markaz) faoliyatini yanada takomillashtirish;
sportchilarning o'quv-yig'in mashg'ulotlari va musobaqalar davrida jismoniy holatini tibbiy ko'rikdan o'tkazishga mo'ljallangan mobil laboratoriyalar faoliyatini tashkillashtirish va ularni zarur jihozlar bilan taminlash;
sport turlari bo'yicha terma jamoalarga tibbiyot xodimlarini Markaz orqali biriktirish va jalb etish tizimini yo'lga qo'yish;
Markaz ish faoliyati unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish choralarini ko'rsin.
10. Belgilansinki:
Markaz faoliyatini yaxshilash maqsadida NexION 1 000 (master-spektro-metr Perkin Elmer) va mobil kriokamera tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 2022 yilda faoliyati tugatilgan “Sog'lom turmush tarzi” platformasiga ajratilgan mablag'lar doirasida 5 milliard so'm yo'naltiriladi va 2023 yilda ko'chma laborator tahlillarni o'tkazish maqsadida 1 dona avtobus xarid qilish uchun Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablag'lar ko'zda tutiladi;
Markaz uchun talab etiladigan boshqa tibbiyot jihozlari va asbob-uskunalarni xarid qilish Markazning o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
11. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi (A.Toshqulov), Xalq talimi vazirligi (B.Saidov), Mudofaa vazirligi (B.Qurbonov), Milliy gvardiya (R.Djuraev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) bilan birgalikda Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning tashkil etiladigan sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulot yig'inlari davrida talim muassasasi o'quv darslaridan, ish faoliyatidan belgilangan tartibda ozod qilinishini va sport tadbirlarida o'z vaqtida ishtirok etishini taminlasin.
12. Milliy antidoping agentligi (N.Tursunov):
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirsin;
sport federaciya (associaciya)lari bilan birgalikda reja-grafik asosida seminar-treninglar tashkil qilib borsin;
O'zbekiston sport delegaciyasi azolarini antidoping mavzulariga oid tegishli o'quv-axborot materiallari va turli ko'rgazmali malumotlar bilan taminlasin.
13. Tashqi ishlar vazirligi (V.Norov):
Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi buyurtmanomasiga muvofiq Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik davri mobaynida terma jamoa azolari uchun xorijga chiqish hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taminlasin;
O'zbekiston sport delegaciyasining Pekindagi “Beyjing” hamda Xanchjoudagi “Syaoshan” (Xitoy) xalqaro aeroportlarida immigraciya nazoratidan o'tishiga ko'maklashsin.
14. Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov):
O'zbekiston sport delegaciyasi azolarining Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida qatnashishi uchun ularning xorijga chiqish biometrik pasportlari tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taminlasin;
kuzatish va kutib olish tadbirlarida xavfsizlikni taminlash va jamoat tartibini saqlash, shuningdek, O'zbekiston sport delegaciyasi transport vositalari kuzatuvini tashkil etish bo'yicha zarur tashkiliy choralarni ko'rsin.
15. Transport vazirligi (I.Maxkamov):
Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi talabnomalariga asosan joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xanchjou shahriga (Xitoy) reyslar tashkil etilishi, shuningdek, O'zbekiston sport delegaciyasi uchun aviachiptalar bron qilinishini;
“Toshkent – Xanchjou – Toshkent” yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha charter reyslari tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
O'zbekiston sport delegaciyasi azolariga tegishli bo'lgan sport anjomlari va jihozlarining Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti orqali bepul o'tkazilishini;
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy zalida “yashil yo'lak” tashkil qilish va mazkur yo'lak orqali O'zbekiston sport delegaciyasi azolarini kuzatishni va kutib olishni taminlasin.
16. Davlat bojxona qo'mitasi (A.Mavlonov) O'zbekiston sport delegaciyasi azolari va ularning qo'l yuklarini (sport ovqatlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va preparatlar hamda boshqalar) bojxona nazoratidan o'tkazish va rasmiylashtirish ishlari tezkorlik bilan amalga oshirilishini taminlasin.
17. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (SH.Tashmatov) hamda O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev) Sog'liqni saqlash vazirligi (B.Musaev) bilan birgalikda O'zbekiston sport delegaciyasini zarur bo'lgan tibbiy jihozlar, asbob-uskunalar va preparatlar bilan taminlasin.
18. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjaev), O'zbekiston Milliy axborot agentligi (A.Ko'chimov) sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida bevosita ishtiroki to'g'risida qisqa metrajli videoroliklar hamda maxsus ko'rsatuvlar tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda keng yoritilishini taminlasin.
19. Sportni rivojlantirish vazirligi (A.Ikramov), O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (SH.Tashmatov), O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi (M.Tashxodjaev), sport federaciya (associaciya)lari hamda sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari tomonidan Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun sport anjomlari, jihozlar, uskunalar, delegaciya rasmiy liboslari, sport ekipirovkasi, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy-biologik preparatlarni xarid qilish, shuningdek, o'quv-mashg'ulot yig'inlari bo'lib o'tadigan sport bazalarini tamirlash va rekonstrukciya qilish, yotoqxona, sport zallari va sport jihozlari ijarasi hamda ovqatlanishni tashkil qilish bilan bog'liq tartib-taomillar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xaridlarining asosiy principlariga rioya qilingan holda amalga oshirilsin.
20. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
joylarda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish, uslubiy qo'llab-quvvatlash va monitoring qilish maqsadida sport federaciya (associaciya)lari hududiy bo'linmalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlasin;
tuman (shahar)larda tegishli sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish hamda zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini ko'rsin;
Osiyo va Paraosiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlasin, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash bo'yicha masullarni biriktirsin;
hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarida uzluksiz ishtirokini taminlash choralarini ko'rsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I.Ikramov, sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SH.SH.Maxmudov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari SH.R.Tashmatov va O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi M.M.Tashxodjaev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Fikrlar