So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

12 may 21:21
Yangiliklar

Sport kurashlari

Xitoylik kurashchi 39 yoshli Magomed Ibragimovni "nafaqa"ga kuzatib qo'ydi

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Istanbuldagi licenzion turnirda Parij-2024 Olimpiadasiga bironta ham yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.

Eng oxirgi umidimiz Magomed Ibragimov pley-offning final bellashuvida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Ibragimov avvaliga dramatik kechgan bellashuvda makedoniyalik Magomedgadji Nurovni, keyin moldovalik Radu Lefferni mag'lubiyatga uchratgandi. Hal qiluvchi bahsda esa xitoylik Avusayman Xabilaga yutqazdi. Birinchi bo'lim hamyurtimiz bir ballni qo'lga kiritdi. Ikkinchi uch daqiqalikda CHin yurti vakili bir ochkoga ega bo'ldi. So'nggi qo'lga kiritilgan ball Xabilaga Parij-2024 Olimpiadasi licenziyasini taqdim etdi. Murabbiylarimiz tomonidan so'ralgan chellenj ham yordam bermadi. 

SHu tariqa, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori o'zi uchun uchinchi Olimpiadada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. O'zbekiston erkin kurash terma jamoasining uchchala vakili ham yurtimizga licenziyasiz qaytadigan bo'ldi. Magomed Ibragimovga ko'p yillik xizmati uchun rahmat aytamiz. Endi yoshlarga yo'lni bo'shatish kerak.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing