21 may 14:51
Yangiliklar
Xivada yosh polvonlar xotira turnirida kuch sinashmoqda
Joriy yilning 20 may kuni "Sport oyligi" doirasida Xiva tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshchiligida kurash bo'yicha 2001–2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, uzoq yillar davomida “O'zbekiston” jamoa xo'jaligi raisi lavozimida munosib xizmat qilgan Maxmud ota Nuniyazovning yorqin xotirasiga bag'ishlangan turnirga start berildi.
Musobaqada M.Nuniyazovning oila azolari, yaqin qarindoshlari, qishloq faollari va mehnat fahriylari ishtirok etdi. Turnirning ochilish marosimida Xiva tuman 28-son umumo'rta talim maktabi direktori, O'zbekiston "Yoshlar ittifoqi" Xiva tuman kengashi raisi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshligi so'zga chiqib, M.Nuniyazovning mehnat faoliyati va hayot yo'li haqida iliq so'zlarni bildirdilar.
Fikrlar