12 may 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xoakin Bakli Islam Maxachevni keskin tanqid qildi
Yarimo'rta vazn toifasida faoliyat yurituvchi amerikalik UFC jangchisi Xoakin Bakli engil vazn chempioni Islam Maxachevga murojaat qildi.
Avvalroq, Islam o'zining X (sobiq Twitter) sahifasida "Ikki karra chempion bo'lish vaqti keldi, In SHa Alloh", deb yozgandi.
Bu vaziyatga Xoakin Bakli quyidagicha munosabat bildirdi: "Birodarim, deb chaqiradigan insoningni yutqazganida bunday duo qilish ahmoqlik. In SHa Alloh, deb yozganiing bu vahshiylik".
Avvalroq, Islam bilan jamoadosh Bilol Muhammad UFC 315 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga imkoniyatni boy berib, yarim o'rta vazndagi chempionlik kamaridan ayrilgandi.
Havola :
Manba : x.com/Newmansa94
Fikrlar