25 fev 12:17
Yangiliklar
Xokkey. Rossiya terma jamoasi Olimpiada chempioni+FOTO
Hozirgina Olimpiya o'yinlarining xokkey bahslarida oltin medal uchun o'yin yakuniga etdi. Unda Rossiya va Germaniya terma jamoalari muzga tushishdi. Dramatik kechgan o'yinda rossiyalik xokkeychilar overtaym, yani qo'shimcha bo'limlarda g'alabani ilib ketishdi.
Asosiy vaqt tugashiga bir necha soniya qolgan bir paytda Gusev ruslarni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Kaprizovning qo'shimcha bo'limda kiritgan goli esa Xalqaro olimpiya qo'mitasi bayrog'i ostida muzga chiqqan Rossiya terma jamoasiga Olimpiada oltin medalini taqdim etdi.
Pxyonchxan-2018. Olimpiya xokkey turniri. Final
Rossiya – Germaniya – 4:3 (1:0, 0:1, 2:2)
“Gangneung Hockey Centre”
0:1 – 13 Kagun (Elic, Mauer)
1:1 – 19 Voynov (Kaprizov, Gusev)
1:2 – 29 SHyutc (Xager, Macek)
2:2 – 33 Gusev (Kaprizov)
2:3 – 56 Müller (Xerdler, Elic)
3:3 – 59 Gusev (Zub, Kaprizov)
Eslatib o'tamiz, kecha CHexiya hamda Kanada terma jamoalari o'rtasida tashkil qilingan uchinchi o'rin uchun bahsda kanadalik xokkeychilar 6:4 hisobida g'alaba qozonib, bronza medal sohibiga aylanishgandi.
Fikrlar