04 fev 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xolifild va Tayson o'rtasidagi jang haqida malumot berildi
Superog'ir vazn toifasi afsonalari Evander Xolifild va Mayk Tayson navbatdagi jang bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin.
"Agar mendan Taysonga qarshi jang haqida so'rashsa, ha degan bo'lardim. Biz kelishuvga yaqinmiz. O'ylaymanki, har ikkimiz jang qilishni istaymiz. Va bu amalga oshadi", - dedi Xolifild.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli Xolifild so'nggi marotaba 2011 yilda Brayan Nilsenga qarshi jang qilgan va o'ninchi raundda g'alaba qozongandi.
Xolifild va Tayson esa bungacha ikki marotaba jang o'tkazgan. 1996 yilgi jangda Xolifild texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. 1997 yilda esa Mayk Evanderning qulog'ini tishlab olib, diskvalifikaciyaga uchragan.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar