02 jan 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolmurod Nurmatov bir hafadan keyin Grozniyda jang o'tkazadi + (To'liq kard)
9 yanvar kuni CHecheniston Respublikasining Grozniy shahrida ACA Ligasining navbatdagi turniri bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ASA 198 turnirining prelim kardidan hayurtimiz Xolmurod Nurmatov ishtirokidagi jang ham o'rin olgan. Taniqli aralash yakkakurash ustamiz rossiyalik Ramzan Suleymanov (7-1)ga qarshi oktagonga chiqadi. Nurmatovning raqibida 7 g'alaba va 1 mag'lubiyat bor.
Malumot uchun, Xolmurod Nurmatov ayni paytda Absolute Championship Akhmat MMA Ligasi reytingida 13-o'rinni egallab turibdi. O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi vakilimiz bundan avvalgi jangini Dubaydagi ACA 194 turnirida rossiyalik Umalat Israilovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Israilov reytingning 10-pog'onasiga joylashgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar