02 jan 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Joshuaning yana ringga chiqish istagi bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman" - promouter
Promouter Frenk Uorren Entoni Joshua ishtirok etgan avtofalokatga munosabat bildirdi.
"Unga daxldor bo'lgan barcha insonlar uchun juda og'ir davr. Umid qilamanki, Ey Jey bu voqeadan jiddiy jismoniy oqibatlarsiz chiqqan.
Biroq ruhiy holat — boshqa masala. Men hatto uning yana ringga chiqish, umuman boks bilan shug'ullanish istagi bo'ladimi-yo'qmi, bilmayman. Bu savolga faqat vaqt javob berishi mumkin", — dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi. Unda bokschining ikki nafar murabbiyi halok bo'ldi.

Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar