02 jan 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev Israel Adesanyaga qarshi jang o'tkazishi mumkin
Sobiq UFC chempioni Israel Adesanya hamda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ishtirokidagi jang ustida muzokara boshlangani aytilmoqda.
Faqat jang UFC oktagonida emas, so'nggi paytlarda ommalashayotgan greppling kurashi bo'yicha tashkil etiladi. Bu jang Qozog'istonning Alash Pride promousheni tomonidan o'tkazilishi mumkin.
Malumot uchun, 32 yoshli Ro'ziboev MMAda 36 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan. 36 yashar Adesanya 24 g'alaba va 5 mag'lubiyatga ega. Nursulton 2 g'alabali seriya, Israel aksincha, 3 ta mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda.
2025 yilning fevral oyida Adesanya ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga Nassurdin Imavovga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Ayni paytda u tashkilotning o'rta vazn reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Fikrlar