13 sen 10:32
Yangiliklar
Xolmurod Nurmatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum, u yana ACA ligasida oktagonga chiqadi
29 yoshli hamyurtimiz o'zining navbatdagi jangini ham Rossiyaning ACA (Akhmat Fighting Championship) ligasida o'tkazadi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Xolmurod Nurmatov 22 sentyabr kuni Belarus poytaxti Minsk shahrida tashkil etiladigan ACA 163 turnirida jang qiladi. Unga rossiyalik Muso Vistokadamov (9-4-0) raqiblik qiladi. Har ikki yakkakurash ustasi uchun bu ACA ligasidagi ikkinchi jang bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Xolmurod Nurmatov so'nggi jangini 29 aprel kuni afg'onistonlik Abdul Karim Badaxshiga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi. Muso Vistokadamov esa oxirgi jangini German Barsegyanga qarshi o'tkazib, u ham imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar