27 iyu 08:15
Yangiliklar
XOQ 161 rossiyalik sportchiga ruxsat berdi, 117 nafari so'roq ostida
109 sportchi esa to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida aniq ishtirok etmaydi. Qolgan 117 nafari esa so'roq ostida turibdi. SHu kunlarda bu sportchilarning Olimpiadada qatnashish yoki qatnashmaslik masalasiga oydinlik kiritiladi.
Olimpiadada ishtirok etishi aniq bo'lgan 161 atlet 19ta sport turida Rossiya davlati sharafini himoya qiladi. Suzish bo'yicha Rossiya terma jamoasi tarkibi 7 nafar sportchiga qisqartirilib, 30 atletni tashkil etmoqda.
Eshkak eshish sport turlarida 28 sportchidan bor yo'g'i 6 nafari Rioga boradi. Voleybol, gandbol, tennis, dzyudo sport turlarida terma jamoa to'liq tarkibda Braziliyaga yo'l oladi. Hozircha erkin kurash, velosport va og'ir atletika sport turlarida sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.
Fikrlar