03 jan 11:55
Yangiliklar
Tokio-2020
XOQ Quvayt hukumati so'roviga rad javobini berdi
Xalqaro olimpiya qo'mitasi (XOQ) Quvayt hukumatining mamlakat sportchilarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga qo'yilgan taqiqni vaqtincha olib tashlash borasidagi so'roviga rad javobini berdi.
XOQ bu qarorini Quvayt hukumatining hamon mamlakat olimpiya qo'mitasining ishlariga aralashayotgani va vaziyat tobora taranglashib borayotgani bilan izohladi.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilning oktyabr oyida XOQ Quvaytga nisbatan barcha xalqaro musobaqalardan chetlatish jazosini qo'llagan edi. Quvaytlik sportchilar Rio Olimpiadasi bahslarida Olimpiya bayrog'i ostida ishtirok etishgandi.
Havola :
Fikrlar